Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi pasayishda davom etmoqda
Hafta davomida oltin quymalarining narxi sezilari darajada pasaydi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
27-iyun holatiga koʻra, 5 grammlik oltin quymasining narxi 4,8 mln soʻm etib belgilandi. Bundan koʻrish mumkinki, hafta boshidan beri 5 grammlik oltin qiymasining narxi 121 ming soʻmga arzonlashgan.
Shuningdek, boshqa ogʻirlikdagi qimmatbaho metall quymalarining ham narxlari arzonlashmoqda. 24-iyun kuni 10 grammlik quymasi 9,7 mln soʻm boʻlgan boʻlsa, hafta oʻrtasiga kelib 9,6 mln soʻmni tashkil qildi. Shu bilan birga, 20, 50 grammlik oltin quymalari ham sezilarli darajada arzonlashdi.
Eslatib oʻtamiz, may oyi oʻrtalarida Oʻzbekistonda oltin narxlari rekord darajada qimmatlashgan edi.
Avvalroq «Kursiv» soʻnggi bir oy ichida oltin quymalarining narxlari haqida xabar bergan edi.