Yangiliklar

BYD yangi temir yo‘l orqali O‘zbekistonga 260 ta avtomobil jo‘natdi

Chjenchjou quruq portidan
Foto: IXBT.com

Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchi BYD kompaniyasi O‘zbekistonga poyezd orqali 260 ta avtomobil jo‘natdi, deb xabar berdi IXBT.com.

Avtomobillar joriy yilning iyun oyi oxirida ochilgan Chjenchjou quruq portidan jo‘natilgan. Loyihaga kiritilgan sarmoyaning umumiy hajmi 2,5 milliard dollarni tashkil etdi.

Shu bilan birga, port va Chjenchjou BYD zavodi o‘rtasidagi masofa 1 km.dan kam, bu logistika xarajatlarini kamaytiradi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonning Jizzax viloyatidagi BYD zavodi ilk avtomobillarni ishlab chiqargani haqida yozgan edi.