Oʻzbekiston Qirgʻizistonning seldan zarar koʻrgan hududiga gumanitar yordam yubordi

eʼlon qilindi
Объемом в 95 тонн
Foto: Qirgʻiziston FVV

Oʻzbekiston kuchli sel-suv toshqinlaridan jabr koʻrgan Qirgʻiziston xalqiga insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev qoʻshni davlatga gumanitar yuk joʻnatish boʻyicha koʻrsatma berdi.

Qirgʻiziston FVV Toshkent Bishkekka 95 tonna yuk joʻnatganini qayd etdi. Gumanitar yordam oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat edi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, insonparvarlik yordami hodisadan eng koʻp zarar koʻrgan Nookat tumani hokimligiga topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, 28-iyun kuni yogʻingarchilik tufayli Qirgʻizistonning Oʻsh va Botken viloyatlarida suv toshqini sodir boʻlib, oqibatida oʻndan ortiq odam halok boʻlgan edi.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilning may oyida Oʻzbekiston Afgʻoniston xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yuborgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek