Shavkat Mirziyoyev Ostonada Pokiston Hukumati rahbari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Hukumati rahbari Shahboz Sharif bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot 3-iyul kuni Ostona shahrida ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Uchraruvda Oʻzbekiston bilan Pokiston oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, davlat vakillari 2024-yilda sanoat koʻrgazmasi va Hukumatlararo komissiya yigʻilishini oʻtkazishga kelishib oldi. Transafgʻon temir yoʻlini qurish loyihasini amalga oshirishda birgalikdagi sa’y-harakatlar zarurligi ta’kidlandi.
Avvalroq «Kursiv» Mirziyoyev Ostonada Xitoy yetakchisi Si Szinpinni Oʻzbekistonga taklif qilgani haqida xabar bergan edi.