Shavkat Mirziyoyev “ShHT — Afgʻoniston” muloqot guruhi faoliyatini qayta tiklashni taklif qildi
Afgʻoniston Markaziy Osiyoning ajralmas qismi, uning hukumati bilan muloqotni davom ettirish butun mintaqa manfaatlariga xizmat qiladi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) Ostonadagi sammitida maʼlum qildi.
«Ishonchim komilki, Qobul bilan muloqotlarni saqlash butun mintaqaning xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot borasidagi manfaatlariga mos keladi. Tobora koʻproq davlatlar buni tushunib yetmoqda. Shu munosabat bilan, “SHHT – Afgʻoniston» muloqot guruhining faoliyatini qayta tiklash haqidagi taklif hamon dolzarb boʻlib qolmoqda”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, davlat rahbari afgʻon rasmiylari bilan munosabatlarda yondashuvlar turli ekani, lekin tobora koʻproq davlatlar Qobul bilan muloqotni davom ettirish zarurligini tan olmayotganini ta’kidladi.
Avvalroq «Kursiv» Mirziyoyevning ShHT hamjihatligini mustahkamlashga chaqirgani haqida xabar bergan edi.