Pensiya jamgʻarmasi tomonidan joriy yilning yanvar – may oylarida 124 184 nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlandi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shundan 102 ming nafar fuqarolarga yoshga doir pensiya tayinlangan.
Shuningdek, 14 388 nafar fuqaroga nogironlik pensiyasi va 7 186 ta oilaga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi belgilandi.
Ma’lumot uchun, 2024-yil 1-iyun holatiga O‘zRda pensiya oluvchi fuqarolar soni 4 mln nafarni tashkil qildi.
Avvalroq «Kursiv» yoshga doir pensiya tayinlashda ortiqcha ish staji qanday hisoblanishi haqida xabar bergan edi.