Yangiliklar

Oʻzbekistonda “Ekologik stiker” berish muddati uzaytirildi

Dastlab bu chorani 1-iyundan joriy etish rejalashtirilgan edi
Foto: Kursiv

Oʻzbekistonda «Ekologik transport» tizimini joriy etish 2024-yil 1-iyundan 2025-yil 1-martga koʻchirildi. Bu haqda hukumat qarori qabul qildi.

Shu muddatdan boshlab transport vositalarining me’yoriy hujjatlariga muvofiqlik darajasini aniqlash va ekologik stikerlar berish boshlanadi.

Bundan tashqari, hujjatda binolarning tomi va fasadlariga quyosh batareyalarini oʻrnatish uchun davlat ekologik ekspertizasini olish talabi bekor qilingan. Sanoat korxonalarida yashil zonalar yaratish va yetishtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

2030-yilga borib Oʻzbekistonda hududlar uchta ekologik zonaga boʻlinadi: «toza» (yashil), «oʻrta» (sariq) va «zararli» (qizil). Avtomobillar zonalar boʻylab faqat tegishli rangdagi stiker boʻlgan taqdirdagina harakatlana oladi va qoidabuzarlar tovon toʻlaydi.

Birinchi bosqichda tizimni Toshkent shahrida (2024 – 2026), ikkinchi bosqichda Nukus va viloyatlar markazlarida (2026 – 2028), uchinchi bosqichda boshqa barcha hududlarda (2028 – 2030) joriy etish rejalashtirilgan.