Katta maosh, kadrlar yetishmasligi: Oʻzbekistonda xitoy tilini biladigan mutaxassislarga talab ortib bormoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2023-yilda Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 21,9 foizga ega chiqdi
Foto: Ruletkka / www.depositphotos. com

O‘zbekiston mehnat bozorida xitoy tilini biladigan mutaxassislarning keskin yetishmasligi sezilmoqda. Bu haqda Hh.uz ish qidirish sayti ekspertlari «Kursiv»ga ma’lum qildi. Ushbu maqolada bu ehtiyojning kelib chiqish sabablari, qaysi sohalarga xitoy tilini biladigan kadrlar kerakligi, taklif qilinayotgan maoshlar va boshqa ko‘plab omillar haqida batafsil hikoya qilinadi.

Nima sababdan xitoy tilini biladigan mutaxassislarga talab ortmoqda?

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston ochiqlik siyosati orqali tashqi maydonda bir qancha yangi hamkor davlatlar bilan keng savdo aloqalarini yoʻlga qoʻydi. Buning natijasida mamlakatning tashqi savdo aylanmasi sezilarli darajada oʻsishiga erishdi.

Bunda Xitoy Xalq Respublikasi mamlakatning eng yirik savdo sherigi sifatida namoyon boʻlmoqda. Davlat statistika agentligi taqdim qilgan ma’lumotlarga koʻra, 2023-yilda XXR Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasining 21,9 foizga ega chiqib, mamlakatning eng yaqin savdo sherigi boʻldi. Shuningdek, bugunni kunda Xitoy kapitali ishtirokida Oʻzbekistonda 2,5 mingdan ortiq korxonalar faoliyat yuritadi. Bu Rossiya federatsiyasidan keyingi ikkinchi koʻrsatkich hisoblanadi.

Manba: Statistika agentligi tomonidan «Kursiv» nashriga taqdim etilgan ma’lumotlar

Bu raqamlar nafaqat ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlamoqda, balki xitoylik investorlarning Oʻzbekiston bozoriga qiziqishini yana ham oshiryapti.

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi kengayib borayotgan iqtisodiy munosabatlar koʻplab biznes imkoniyatlariga yoʻl ochmoqda. Bu esa til toʻsiqlarini bartaraf eta oladigan va ikki tomon oʻrtasida muloqotlarni osonlashtiradigan shaxslarga boʻlgan ehtiyojning ortib borishiga olib kelmoqda.

Manba: Statistika agentligi tomonidan «Kursiv» nashriga taqdim etilgan ma’lumotlar

Xitoylik investorlarning Oʻzbekistonga kirib kelishi nafaqat til biladigan, balki Xitoy biznes madaniyati va soha boʻyicha mutaxassislarga ham talabni yuzaga keltirib chiqarmoqda. Ish beruvchilar Xitoy an’analarini biladigan va xitoylik hamkasblari bilan mustahkam aloqalar oʻrnata oladigan nomzodlarni tobora koʻproq izlamoqda.

Qaysi sohalarda xitoy tilini biladigan mutaxassislar kerak?

Umumiy mehnat bozorida ingliz, rus tilini yaxshi biladigan mutaxassislarga talab yuqori hisoblansa-da, lekin soʻnggi yillarda ish topishga yordam beruvchi platformalarida xitoy tili talab qilinadigan vakansiyalar kundan-kunga ortib borayotganini koʻrish mumkin.

Hh.uz sayti «Kursiv»ga taqdim qilgan ma’lumotlarga koʻra, 2024-yilning birinchi yarmida xitoy tilini bilish talab qilingan 432 ta boʻsh ish oʻrinlari platformada e’lon qilingan. Bu mazkur davrda saytidagi umumiy boʻsh ish oʻrinlarining 0,8 foizini tashkil etadi.

Mamlakatda xitoy tilini biladigan tarjimonga (20 foiz), logistika menejeri, tashqi savdo boʻyicha menejeri (13 foiz), savdo boʻyicha menejer, mijozlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha menejeri (11 foiz) va xarid boʻyicha menejeri (9 foiz) mutaxassisliklariga talab yuqori hisoblanadi.

Xitoy tilini biladigan mutaxassislarga eng koʻp talab boʻladigan tarmoqlar – iste’mol tovarlari (nooziq-ovqat) (16 foiz), transport, logistika, omborxona, tashqi savdo (11 foiz), sanoat uskunalari, texnika, texnika va butlovchi qismlar (9 foiz), avtomobilsozlik (9 foiz) va biznes uchun xizmatlarni (7 foiz) tashkil qildi.

Mazkur tilni biladigan mutaxassislarga taklif qilinayotgan eng yaxshi maoshlar tibbiyot vakillari, savdo menejerlari, mijozlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha menejerlar va hisobchilarga taklif qilinmoqda. Ish beruvchilar mazkur kasb egalariga 20 mln soʻmdan boshlab toʻlashga tayyor, deb ta’kidladi Hh.uz sayti ekspertlari.

Ish oʻrinlarining koʻpligi, katta maoshga qaramay mamlakatda xitoy tilini biladigan mutaxassislarning taqchilligini koʻrish mumkin. Hh.uz ma’lumotlarga koʻra, bu koʻrsatkich 0,6 ni tashkil etadi, ya’ni har bir boʻsh ish oʻrniga atigi 0,6 rezyume toʻgʻri keladi. Indeks ko‘rsatkichi 1,9 dan past boʻlsa, talabnoma beruvchilarning keskin yetishmasligini koʻrsatadi. Bu esa xitoy tilini biladigan mutaxassislarga talab taklifdan ortib borayotganini tasdiqlaydi.

Bu raqamlar kelgusi yillarda yana ham ortishi mumkin. Oʻzbekiston Xitoy bilan «Bir makon, bir yoʻl» tashabbusi kabi loyihalar orqali oʻz aloqalarini mustahkamlashda davom etar ekan, xitoy tili mutaxassislariga talab ortib borishi tayin.

Mazkur tilni qayerda o‘rganish mumkin?

Mehnat bozorida mutaxassislar taqchilligi kabi xitoy tilini oʻqitadigan ta’lim muassasalari ham juda kamchilikni tashkil qiladi. Mamlakatdagi sanoqli ikki-uchta oliygohlarda xitoy tili fakultetlari bor, xolos.

Tahririyat poytaxtdagi tillarga ixtisoslashtirilgan xususiy til oʻrgatuvchi oʻquv markazlarining bir qanchasiga murojaat qilib, xitoy tili kurslari bor yoki yoʻqligini aniqlashtirdi. Oʻrganishlar shuni koʻrsatdiki, Toshkentdagi oʻquv markazlarining aksariyatida xitoy tili boʻyicha kurslar yoʻqligi ma’lum bo‘ldi.

Misol uchun, «China Campus School»da hozirda tilni noldan o‘rganishingiz mumkin bo‘lgan guruh yo‘q (ehtimol, ular uni yaqin kelajakda ochishadi). Tilni noldan o‘rganish uchun sizga kamida 1,5 yil kerak bo‘ladi. Olingan bilimlar O‘zbekistonda ishga joylashish uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Bunday kurslar oyiga 720 ming so‘mni tashkil qiladi.

Shuningdek