Davaktiv “Oʻzagrosugʻurta” AJ xususiylashtirish boʻyicha tanlov e’lon qildi

eʼlon qilindi
Davlat ulushining 99,3 foizi sotuvga qo‘yildi
Foto: «Oʻzagrosugʻurta» AJ Toshkent shahar filiali

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) «Oʻzagrosugʻurta» sugʻurta kompaniyasining 99,3 foiz davlat ulushini xususiylashtirish boʻyicha tanlovni elon qildi.

Agentlik shu yilning 22-iyuliga qadar qiziqish bildirgan kompaniyalarning arizalarini qabul qiladi.

2024-yilning birinchi choragi yakunlari boʻyicha «Oʻzagrosugʻurta»ning sof zarari 3,9 milliard soʻmga yetdi. Taqqoslash uchun, oʻtgan yilning shu davrida bu koʻrsatkich 1,4 milliard soʻmni tashkil qilgan edi.

Sugʻurta xizmatlaridan tushgan tushum yil davomida qariyb 7 foizga kamayib, 29,8 milliard soʻmni tashkil qildi.

Avvalroq «Kursiv» Deloitte Humo toʻlov tizimini xususiylashtirish boʻyicha konsultant sifatida faoliyat yuritishni boshlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek