Strategik Islohotlar agentligi pensiya tizimini takomillashtirishga doir bir qator tahlil va takliflar berdi. Bu haqda agentlik o‘z veb-saytidagi xabarda batafsil to‘xtalib o‘tdi.
«Allianz Pension Ranking 2023» pensiya reytingidagi 75 ta mamlakat ichidan O‘zbekiston 71-o‘rinni egalladi. (qo‘shni Qozog‘iston 34-o‘rinda, Rossiya – 37, Turkiya – 59-o‘rinda). Ushbu reyting uchta sub-indekslarga asoslanib tuzilgan. Bular: bazaviy sharoitlar, barqarorlik hamda pensiya tizimining monandligi. Strategik islohotlar agentligi pensiya tizimi yaxshilashga doir takliflar berdi.
Jumladan, Xalq bankidagi majburiy pensiya jamgʻarma hisobvaraqlari tizimi boshqa banklar uchun ham ochiq shaklga oʻtkazish lozim. Bunda uning ixtiyoriy va moslashuvchanligiga erishilishi hisobga olingan.
Yirik ish beruvchilarga kasbiy pensiya ta’minoti tizimini yo‘lga qo‘yib berish lozimligi ham taklif qilingan. Shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan bir martalik miqdor oʻrniga daromadlariga moslashtirish lozimligi ham aytib o‘tilgan.
Agentlik pensiya uchun ma’muriy va operatsion xarajatlarni kamaytirish uchun davlat pensiya jamgʻarmasi boshqaruvini yaxshilash fikrini ham olg‘a surgan. Shu bilan birga, xotin-qizlar bandligini oshirish, pensiya ta’minoti tizimiga badallar bazasi va keng jamoatchilik qamrovini oshirish imkonini berishi haqida ham fikr bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq 2024-yil boshidan beri qancha odamga pensiya tayinlangani haqida xabar bergan edik.