«Oʻzsanoatqurilishbank»ning sof foydasi deyarli ikki baravarga oshdi

eʼlon qilindi
768,4 milliard so‘mga yetdi
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

2024-yilning aprel–iyun oylarida «Oʻzsanoatqurilishbank»ning sof foydasi yillik oʻsish 93,7 foizni tashkil etib, 768,4 milliard soʻmga yetdi. Bu haqdagi hisobot Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilindi.

Yil davomida bankning aktivlari 21,1 foizga oshib, 80,1 trln soʻmni tashkil qildi. Moliyaviy tashkilotning kapitali 15,5 foizga oshib, 9,5 trillion soʻm boʻldi.

Mamlakatdagi yirik banklar faoliyati reytingida SQB iyul oyi holatiga koʻra, 15-oʻrinni egallab turibdi. Joriy yilda bank $3,1 milliard miqdorida xorijiy sarmoya jalb qilmoqchi.

Avvalroq «Kursiv» «Oʻzsanoatqurilishbank»ni xususiylashtirish 2024-yilning oxiriga qoldirilgani haqida yozgan edi. Fitch prognozlariga ko’ra, bu muddatlar yana uzaytiriladi.

Shuningdek