Oʻzbekistondagi qaysi banklar tomonidan ikkilamchi bozor uchun avtokreditlar taqdim qilinadi
Oʻzbekistondagi 10 dan ortiq banklarda avtokredit rasmiylashtirish mumkin, lekin barcha banklar ham ikkilamchi bozor (eski avtomobillar) uchun avtokreditlar taqdim qilmaydi. Bu safar «Kursiv» ikkilamchi bozor uchun avtokredit beradigan ba’zi banklarni bir joyga jamladi.
Asia Alliance Bankʼda foiz stavkasi 27,99 – 33 foizni tashkil qiladi. Kredit muddati esa 5 yil etib belgilangan. Boshlangʻich toʻlovning eng kam miqdori 30 foizdir. Kreditning umumiy summasi 300 mln soʻmgacha etib belgilangan.
Infinbankʼda foiz stavkasi 27,99 foizni tashkil qiladi. Kredit muddati esa 5 yil etib belgilangan. Boshlangʻich toʻlovning eng kam miqdori 25 foizdir. Kreditning umumiy summasi 400 mln soʻmgacha etib belgilangan. Biroq sotib olingan mashina 2021-yildan eski bo‘lishi mumkin emas.
Orient Finans bankʼda foiz stavkasi 26 – 28 foizni tashkil qiladi. Kredit muddati esa 4 yil etib belgilangan. Boshlangʻich toʻlovning eng kam miqdori 25 foizdir. Kredit summasi 600 mln soʻmgacha etib belgilangan.
«Ipak yoʻli banki»da foiz stavkasi 24,9 – 29,9 foizni tashkil qiladi. Kredit muddati esa 5 yilgacha etib belgilangan. Boshlangʻich toʻlovning eng kam miqdori 0 foizni tashkil qiladi. Kreditning umumiy summasi 800 mln soʻmgacha etib belgilangan.
Soderat bankʼda foiz stavkasi 23,5 – 28 foiz foizni tashkil qiladi. Kredit muddati esa 4 yilgacha etib belgilangan. Boshlangʻich toʻlovning eng kam miqdori 20 foizni tashkil qiladi. Kreditning umumiy summasi 400 mln soʻmgacha etib belgilangan.
«Milliy bank»da foiz stavkasi 23 – 28 foiz foizni tashkil qiladi. Kredit muddati esa 4 yilgacha etib belgilangan. Boshlangʻich toʻlovning eng kam miqdori 20 foizni tashkil qiladi. Boshlangʻich toʻlov 500 mln soʻmgacha etib belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, ikkilamchi bozor uchun ba’zi banklar tomonidan avtomobilning ishlab chiqarilgani 3 yildan oshmasligi talab qilinsa, ba’zilarida 5 yildan oshmasligi belgilangan.
Ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi. Keyinchalik kredit olish shartlari oʻzgarishi mumkin.
Batafsil ma’lumotlarni bank saytlaridan topish mumkin.
Avvalroq «Kursiv» birlamchi bozorda qaysi banklardan va qanday stavkalarda avtokredit rasmiylashtirish mumkinligi haqida xabar bergan edi.