Yangiliklar

O‘zbekiston avtomobil bozori 13,6 foizga kamaydi

2024-yil iyun oyi maʼlumotlari eʼlon qilindi
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

Iyun oyida O‘zbekistonda avtomobil savdosi may oyiga nisbatan 13,6 foizga kamaydi. Oy davomida jami 87 ming dona avtomobil sotilgan. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tahlilida aytiladi.

Yillik hisobda avtomobillar savdosi 1,4 baravardan ortiq kamaydi. ITIM ta’kidlashicha, pasayish qisman yoz davriga xos bo’lgan mavsumiy omillar bilan izohlanadi. Odatda bu vaqtda biznes faolligi pasayadi.

Iyun oyida respublikada yangi yengil avtomobillar sotuvi may oyiga nisbatan 9 foizga kamaydi (26 mingdan ortiq avtomobil). Yillik hisobda birlamchi bozor 5,3 foizga pasaygan.

Yangi elektromobillar savdosi 28 foizga kamaydi, ikkilamchi bozorda esa 2,4 foizga o‘sish kuzatildi.

2024-yilning birinchi yarmidagi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda umumiy yengil avtomobillar savdosi 2023-yilning shu davriga nisbatan 19 foizga kamaygan. Bu nafaqat foydalanilgan avtomobillarga talabning pasayishi, balki ularni ro’yxatdan o’tkazish jarayonlarining murakkablashishi va ro’yxatga olish narxining oshishi bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda eng keng tarqalgan avtomobil Chevrolet Cobalt hisoblanadi. 5-iyul kuni ushbu markadagi 14,2 mingta avtomobil uchun onlayn-shartnoma yakunlandi. UzAuto Motors kompaniyasi mijozlari iyun oyida toʻlovni amalga oshira olmagan avtomobillarni kontraktatsiyaga qayta qoʻydi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda avtomobillar savdosi pasayib ketgani sabablari haqida yozgan edi. Respublika banklari o‘tgan yilga nisbatan kamroq avtokredit berishni boshladi. Mutaxassislar «Kursiv»ga boshqa ehtimoliy sabablar haqida ham aytib berishdi.