Yangiliklar

Oʻzbekistonlik boks referisi Olimpiyada oʻyinlarida ish olib boradi

Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

«Parij – 2024» yozgi Olimpiya oʻyinlarining boks bahslarida oʻzbekistonlik referi faoliyat olib boradi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston boks federatsiyasining ma’lum qilishicha, boʻlajak bellashuvlarda Xalqaro toifadagi hakam Alisher Polvonov ishlaydi.

Bungacha Polvonov Osiyo va jahon chempionatlari, bir qator nufuzli turnirlar, xususan, «Parij – 2024» siklidagi qit’a va jahon litsenzion turnirlarida faoliyat koʻrsatgan.

Ma’lumot uchun, «Parij – 2024» yozgi Olimpiya oʻyinlari 26-iyuldan 11-avgustgacha boʻlib oʻtadi.

Avvalroq «Kursiv» Parij Olimpiadasida Oʻzbekiston bayroqdorlari kimlar boʻlishi haqida xabar bergan edi.