2024-yilning boshidan buyon soʻm dollarga nisbatan 2,3 foizga qadrsizlandi
Hafta davomida Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasida (OʻzRVB) dollarning oʻrtacha kursi 0,25 foizga oshdi. 2024-yilning oʻtgan davrda (12-iyulgacha) soʻm Amerika valyutasiga nisbatdan 2,3 foizga qadrsizlandi.
5-iyul, juma kuni birjadagi USD/Soʻm kursi 12 603,72 soʻmni tashkil qildi. 8-iyul, dushanba kuni dollar kursi 12 618,26 soʻmga koʻtarildi. Keyin narx 11-iyul, payshanbagacha (12 655,02) doimiy ravishda oʻsib bordi. Biroq juma kuni dollar kursi biroz pasayib, 12 635,27 soʻmni tashkil qildi. Shunga qaramay oʻtgan hafta oxiriga nisbatan koʻrsatkich 0,25 foizga oshdi.
Dollarning oʻsish dinamikasi
Avvalroq «Kursiv» ekspertlar bilan 2024-yil iyun oyida dollarning tushishi sabablari, shuningdek, kelgusi oy uchun prognozlar haqida suhbatlashgan edi. Oʻtgan oyda dollar qadrsizlanish sabablari orasida ekspertlar import oʻsish sur’atining sekinlashishi, dollar oʻrniga rublga boʻlgan talabning oshishi va Markaziy bankning intervensiyasini sabab qilib ko‘rsatdi.