Oʻzbekistonda oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi

eʼlon qilindi
Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi
Foto: Bilimni baholash agentligi

Oʻzbekistonda oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, vazirlikning tegishli buyrugʻi bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.

Ushbu oʻtish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari quyidagi suratda keltirilgan.

Foto: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda OTMga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanishi haqida xabar berdi.

Shuningdek