Xalqaro gimnastika federatsiyasi «Parij – 2024» yozgi Olimpiya oʻyinlarida faoliyat olib boradigan oʻzbekistonlik hakam nomini e’lon qildi. Bu haqda Olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Milliy Olimpiya qoʻmitasi ma’lumotiga koʻra, hamyurtimiz Oksana Kiosya boʻlajak Olimpiadada sportchilarning chiqishini baholaydi.
Sport gimnastikasi boʻyicha qit’a va jahon chempionatlarida faoliyat olib borib kelayotgan Oksana Kiosya uchun bu birinchi Olimpiada boʻladi.
Avvalroq «Kursiv» oʻzbekistonlik boks hakami Olimpiyada oʻyinlarida ish olib borishi haqida xabar bergan edi.