Osiyo taraqqiyot banki (OTB) imtiyozli qarz Oʻzbekistondagi homilador ayollar va chaqaloqlarga ko‘rsatiladigan perinatal xizmatlarni yaxshilash uchunligini ma’lum qildi. Bu haqda OTB rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Oʻzbekistonda onalar oʻlimi 2010-yilda har 100 mingta chaqaloqqa 38 oʻlim to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich keyingi o‘n yilda har 100 mingta chaqaloqqa 30 oʻlimgacha yaxshilangan. Shunga qaramay bu Yevropa va Markaziy Osiyodagi oʻrtacha koʻrsatkichdan ancha yomon. Hozirgi kunga kelib esa tugʻilishning ortib borishi evaziga bu koʻrsatkichlar ham oshib bormoqda.
«OTB Oʻzbekistonda ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, onalar va neonatal oʻlimni kamaytirish maqsadida Oʻzbekistonda yuqori sifatli perinatal tibbiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha hukumatning sa’y-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi», dedi OTBning Markaziy va Gʻarbiy Osiyo boʻyicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov.
Ushbu perinatal yordam loyihasi respublika boʻylab 230 perinatal markazni modernizatsiya qilishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, perinatal markazlar zamonaviy energiyani tejovchi tibbiy asbob-uskunalar, xodimlar malakasini oshirish va sifatni ta’minlash ham yo‘lga qo‘yiladi.
Loyiha orqali perinatal markazlarga yoʻllanmalar tizimi rivojlantiriladi va tez yordam guruhlari shakllantiriladi. Shuningdek, bemorlarning elektron qaydlarini joriy etish orqali xavfli kasalliklarni erta aniqlash, davolash va homiladorlik davrini monitoringiga erishiladi.
«OTB koʻmagi, shuningdek, hukumatga xabardorlikni oshirish va xulq-atvorni oʻzgartirish boʻyicha maqsadli tadbirlarni amalga oshirishga yordam beradi, shuningdek, homilador ayollar va onalarni tibbiy xizmatlarni olish uchun murojaat qilishga undash uchun akusherlar va hamshiralarni oʻqitishga yordam beradi», dedi OTBning Oʻzbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Kanokpan Lao-Araya.
Oʻzbekiston Osiyo taraqqiyot bankiga 1995-yilda a’zo boʻlgan. Ushbu muddatdan buyon OTB O‘zbekistonga $12.5 mlrd miqdorida qarz, grant va texnik koʻmaklar ajratgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekistonga shifo izlab kelayotgan chet elliklar soni ortayotgani haqida xabar bergan edik.