Yangiliklar

Oʻzbekistonlik 12 nafar hakam Parij Olimpiadasida ish olib boradi

Olimpiada o’yinlari 26-iyuldan 11-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi
Foto: BreizhAtao / depositphotos.com

Oʻzbekistonlik 12 nafar hakam Parij Olimpiadasida ish olib boradi. Bu haqda UzA xabar berdi.

Unga koʻra, 3 nafar hakam futbol musobaqalarini, ikki nafar gimnastika, shuningdek, boks, dzyudo, ogʻir atletika, taekvondo, qilichbozlik, tennis, sport kurashlarida 1 nafardan oʻzbekistonlik hakam «Parij – 2024» Olimpiadasida xizmat koʻrsatadi.

Ma’lumot uchun, yozgi Olimpiada oʻyinlari 26-iyuldan 11-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.

Estalatib oʻtamiz, Abdumalik Xalokov va Zaynab Dayibekova Parij Olimpiadasida Oʻzbekistonning bayroqdorlari hisoblanadi.

Avvalroq «Kursiv» oʻzbekistonlik sport gimnastikasi hakami Olimpiyada oʻyinlarida ish olib borishi haqida xabar bergan edi.