Qirgʻiz Respublikasi prezidenti nima sababdan Oʻzbekistonga tashrif buyurmoqda
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirgʻiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov 18–19-iyul kunlari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida oʻzaro savdo hajmini oshirish, biznes va hududlar darajasida kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish, transport-tranzit sohasidagi imkoniyatlardan foydalanish masalalari muhokama qilinadi.
Qo‘shni davlat rahbari Oʻzbekistonda Qirgʻiziston madaniyati kunlarining rasmiy ochilish marosimida ham qatnashishi kutilmoqda. Shuningdek, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston davlat rahbarlari ishtirokida amalga oshirilayotgan ikki tomonlama loyihalarning ishga tushirilish marosimi boʻlib oʻtadi.
Ma’lumot uchun, bugun, 17-iyul kuni Toshkent shahrida «Oʻzbekiston – Qirgʻiziston» biznes forumi boʻlib oʻtmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Qirgʻizistonda davlat toʻntarishining oldi olingani haqida xabar bergan edi.