Fransiya poytaxti Parijda bo‘lib o‘tadigan «Parij – 2024» yozgi Olimpiya o‘yinlarida g‘olib sportchilar qancha pul mukofot olishlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda xalqaro CNN nashri xabar berdi.
Parijda 32 sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida 10,7 mingdan ortiq sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. 26-iyuldan 8-avgustgacha Parijning turli hududlarida 329 ta sport tadbirlari bo‘lib o‘tadi. G‘olib sportchilar medal bilan birga ma’lum miqdordagi pul mukofotlarini ham naqd qilib oladilar.
Jumladan, oltin medal sohiblari $100 ming, kumush medal sohiblari $50 ming, bronza medali uchun esa $25 ming miqdordagi pul mukofotlarini qo‘lga kiritadi.
Oltin, kumush va bronza medallari har doim ham standartlashtirilmagan. Birgina misol, 1896 yilda o‘tkazilgan birinchi zamonaviy Olimpiya o‘yinlarida g‘oliblar zaytun novdasi va kumush medalni olganlar, bu mukofotni birinchi marta uch hatlab sakrash bo‘yicha chempion Jeyms B. Konnoli Massachusets shtatidan qabul qilib olgan. Dastlab medallar sportchining ko‘kragiga qadash uchun mo‘ljallangan, ammo dizayn 1960-yilda o‘zgartirilgan medallar g‘olibning bo‘yniga osib qo‘yish imkonini berdi. Faqat 1904-yilda Sent-Luisdagi yozgi o‘yinlarda an’anaviy medallar ko‘rinishi joriy qilingan.
Qiziq ma’lumot, «Parij – 2024» Olimpiya oʻyinlarida sportchilar qoʻlga kiritadigan medallarning har birida o‘ziga xos dizayn asosida Eyfel minorasining asl bo‘lagi joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parijning Sena daryosidagi kanalizatsiya muammolarining Olimpiya o‘yinlariga ta’siri haqida yozgan edik.