Yangiliklar

Buxorolik fermer qariyb 4 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irladi

Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan
Rasm: Prokuratura departamenti

Buxoro viloyatidagi fermer xoʻjaligi egasi 3,9 mlrd soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirladi, deb xabar qildi OʻzR Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Tekshiruv davomida fermer xo‘jaligidagi elektr tarmog‘iga suv nasosi noqonuniy ravishda ulanganligi ma’lum bo‘ldi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda, mazkur holat yuzasidan O‘zR Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq «Kursiv» yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda noqonuniy kriptofermalar energetika tizimiga 82 mlrd so‘m zarar yetkazganini e’lon qilgan edi.