Oʻzbekistonda havo qatnovi hajmi 33 foizga oshdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra
2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda havo transporti xizmatlaridan 17,9 ming yo‘lovchi foydalangan, deya xabar beradi Statistika agentligi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan respublika bo‘yicha havo transportida tashish hajmi 33 foizdan ziyodga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston havo bandargohlarida yo‘lovchi tashish hajmi 36 foizga oshdi. Bu davrda O‘zR aeroportlari 6,3 mln aholiga xizmat ko‘rsatdi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda havo hududini boshqarish kompleksi qurilishi haqida e’lon qilgan edi.