Oʻzbekistonda qancha odam transport vositalaridan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzgani uchun qamalgan

eʼlon qilindi
2024-yilning birinchi yarmida 1601 nafar shaxs sudlangan
Foto: spyrakot / depositphotos.com

Oʻzbekistonda 2024-yilning birinchi yarim yilligida transport vositalaridan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzgan 1601 nafar shaxs sudlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ularning 551 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 1 050 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan.

2023-yilda nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 3 325 nafar shaxs sudlangan. Shundan 635 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 2 690 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda yoʻl harakati qoidalarini buzgan samokat haydovchilari jarimaga tortilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek