Arxeologlar Urgut yaqinida So‘g‘d ibodatxonasini topishdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
VII–VIII asrlarga oid
Rasm: Samarkandsiy vestnik

O‘zbekistonlik arxeologlar Urgut tumanidagi Qo‘rg‘ontepa yodgorligida olib borilgan qazishmalar chog‘ida VII–VIII asrlarga oid so‘g‘d ibodatxonasini topdi, deb yozadi «Samarkandskiy vestnik».

Bu hudud Samarqand Soʻgʻdi tarkibiga kirgan. Bu yerda olimlar IX asrga oid nasroniy monastiri nekropolini va Jartepa II So‘g‘d ibodatxonasini topdilar.

Hozirgi qazishmalar paytida arxeologlar yog‘och yuzada ma’buda tasvirini topdilar.

Olimlarning fikricha, ibodatxona manixiylarga tegishli bo‘lgan. Bu din hozirgi Eron hududida paydo bo‘lgan. Quvgʻinlar tufayli manixeyizm tarafdorlari Oʻrta Osiyo va Xitoyga qochib ketishgan.

Abu Rayhon Beruniy qoʻlyozmalariga koʻra, Erondan dindorlar ketganidan keyin manixiylik markazi Samarqandda boʻlgan.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilning iyun oyida Surxondaryo viloyatida 4 ming yillik qadimiy shahar xarobalari topilgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek