Paxta-toʻqimachilik klasterlari moliyaviy sogʻlomlashadi

eʼlon qilindi
Klasterlar uchun bir qator qo‘shimcha imtiyozlar berildi
Foto: Pixabay.com

Shavkat Mirziyoyev paxtachilik sohasini iqtisodiy-moliyaviy yaxshilashga qaratilgan farmonni imzoladi. Bu haqda Huquqiy axborot xabar qiladi.

Unga koʻra, 2023-yildagi paxta xomashyosi xarajatlari uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni 2024-yil 1-dekabr sanasigacha toʻliq yopgan klasterlar mazkur kredit foizini (bank marjasi bundan mustasno) qaytarib oladilar. Foiz 2025-yil 1-yanvargacha Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kredit resurslari hisobidan qaytariladi.

O‘tgan yilgi xomashyo xarajatlari uchun berilgan imtiyozli kreditlarning, mos ravishda Jamgʻarmaning tijorat banklariga ajratgan kredit resurslarining qolgan qismini qaytarish 2025-yil 1-aprel muddatigacha etib belgilandi. Uzaytirish tijorat banklari tomonidan ijobiy xulosa berilsa amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2024-yil 1-avgust sanasidan ajratilgan kredit boʻyicha klasterlar taʼsischilari uchun shaxsiy kafillik ham rasmiylashtirib beriladi.

Bundan tashqari, boʻlib toʻlash evaziga, narxdan 35 % qismi to‘lab xarid qilgan paxta tozalash va paxta qabul qilish zavodlari mulkiy majmua shaklida garovga qoʻyish mumkin bo‘ladi.

Klasterlar bilan faoliyati to‘xtatilayotgan «Oʻzpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyatinining mulkiy majmualarini sotib olish borasidagi tuzilgan oldi-sotdi shartnomalaridagi qarzdorliklar grafigi bir yilga uzaytirilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvakroq O‘zbekiston tadbirkorlari bilan muloqot qilish uchun elektron platforma ishga tushirilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek