Oʻzbekistonda parlament saylovi 27-oktabrda oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda 27-oktabrda parlament saylovlari boʻlib oʻtadi. Bu haqda 26-iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi majlisida eʼlon qilindi.
Markaziy saylov komissiya raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev saylov kampaniyasi boshlanganini eʼlon qildi.
Oʻzbekistonda birinchi bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlari deputatlarini aralash saylov tizimi, yaʼni majoritar va proporsional tizim asosida oʻtkaziladi.
Yangi tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga boʻlinadi. Quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari boʻyicha majoritar tizim, qolgan 75 nafari proporsional tizim boʻyicha, yaʼni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanadi.
Eslatib oʻtamiz, oxirgi parlament saylovlari 2019-yil dekabrida boʻlib oʻtgandi. Unda OʻzLiDep partiyasi eng koʻp ovoz bilan gʻalaba qozongandi.
Avvalroq «Kursiv» Oliy Majlis palatasi aralash saylov tizimi toʻgʻrisida qonun qabul qilgani haqida xabar bergan edi.