Toshkentda bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi
eʼlon qilindi
U 500 o‘ringa mo‘ljallanadi
Hukumat qaroriga binoan «Zangiota-2» shifoxonasi faoliyati tugatilib, oʻrnida Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasi tashkil qilinadi. Bu haqda Huquqiy axborot xabar berdi.
Ushbu shifoxona 500 o‘ringa mo‘ljallanadi va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek unda tibbiy tekshiruvlar va statsionar yordam amalga oshiriladi. Tumandagi tibbiyot birlashmalarga amaliy-metodik ko‘mak berib boriladi.
2024-yil 1-sentyabr sanasiga qadar Bolalar shifoxonasi inshootlarida zarur qurilish-taʼmirlash ishlari olib boriladi. Bu orqali uni bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishga moslashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tibbiyot chiqindilaridan issiqlik energiyasi ishlab chiqarilishi haqida xabar bergan edik.