Parij-2024. Ikki o‘zbekistonlik dzyudochi musobaqani gʻalaba bilan boshladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Shukurjon Aminova va Murodjon Yoʻldoshev Olimpiadaning ilk bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Shukurjon Aminova ilk bosqichda Kot dʼIvuarlik Zuleyxa Dabonne bilan bellashgan sportchimiz gʻalaba qozonib, ikkinchi davraga yoʻl oldi. Keyingi bosqichda u gruziyalik Eteri Liparteliani bilan bellashadi.

Yana bir dzyudochimiz jahon chempionati sovrindori Murodjon Yoʻldoshev (-73 kg) ham gʻalabaga erishdi. U qozogʻistonlik Daniyar Shamshayev bilan bellashib, ajoyib harakatlari evaziga keyingi bosqichga yoʻl oldi.

Qilichbozlik bahslarida ishtirok etgan Zaynab Dayibekova ilk bosqichda ishtirokini yakunladi. U Janubiy koreyalik Yun Ji-Su bilan bellashib, 11:15 hisobida magʻlubiyatga uchradi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Olimpiadada ilk oltin medalni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek