Yangiliklar

2025-yildan boshlab yoshga doir pensiyalar avtomatik tayinlanadi

Bu haqda Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati xabar berdi
Foto: bbsferrari / depositphotos.com

2025-yil 1-martdan boshlab yoshga doir pensiyalar fuqarolarning murojaatisiz avtomatik tayinlanadi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, bunda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Fuqarolarning shaxsiga oid barcha ma’lumotlar vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan olinadi.

Bu orqali fuqarolardan pensiya tayinlash uchun qoʻshimcha hujjatlar yigʻish uchun Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmasiga murojaat qilish talab etilmaydi.

Shuningdek, pensiya yoshiga yetgan fuqaroga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida pensiya tayinlash haqida qaror qabul qilinganida uning telefon raqamiga «pensiya tayinlanganligi va uning miqdori» toʻgʻrisida ma’lumot yuboriladi.

Avvalroq «Kursiv» fuqarolar bir vaqtning oʻzida faqat bir turdagi pensiyani olishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.