Bugun, 31-iyul kungi Olimpiada bahslarida Oʻzbekiston delegatsiyasi toʻrtta sport turida sakkiz nafar atlet bilan ishtirok etadi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) xabar berdi.
Unga koʻra, oʻzbekistonlik sportchilarning bugungi chiqishlarini akademik eshkak eshish boʻyicha sportchilar boshlab beradi.
Kamondan otish
Amirxon Sodiqov — 16:15
Ziyodaxon Abdusattorov — 18:00
Boks
Abdumalik Xalokov — 14:00 (-57Kg)
Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev — 19:15 (-71kg)
Dzyudo
Davlat Bobonov — 13:00 (-90kg)
Gulnoza Matniyazova — 13:00 (-70kg)
Akademik eshkak eshish
Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev — 12:30 (Juftlik)
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston futbol jamoasi bir ochko bilan Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini yakunlagani haqida xabar bergan edi.