31-iyul kuni oʻzbekistonliklar qaysi sport turlarida ishtirok etadi

eʼlon qilindi
Sakkiz nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etadi
Foto: AP Photo / Michel Euler, File

Bugun, 31-iyul kungi Olimpiada bahslarida Oʻzbekiston delegatsiyasi toʻrtta sport turida sakkiz nafar atlet bilan ishtirok etadi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) xabar berdi.

Unga koʻra, oʻzbekistonlik sportchilarning bugungi chiqishlarini akademik eshkak eshish boʻyicha sportchilar boshlab beradi.

Kamondan otish

Amirxon Sodiqov — 16:15

Ziyodaxon Abdusattorov — 18:00

Boks

Abdumalik Xalokov — 14:00 (-57Kg)

Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev — 19:15 (-71kg)

Dzyudo

Davlat Bobonov — 13:00 (-90kg)

Gulnoza Matniyazova — 13:00 (-70kg)

Akademik eshkak eshish

Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev — 12:30 (Juftlik)

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston futbol jamoasi bir ochko bilan Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini yakunlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek