Shahram Gʻiyosov professional boksdagi navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
eʼlon qilindi
Bokschi 16-jangida ham g‘alaba qozondi

Oʻzbekistonlik bokschi Shahram Gʻiyosov professional boksdagi 16-jangida ham gʻalaba qozondi.
Ushbu bahsda Gʻiyosovga meksikalik Migel Parra (22-4-1) raqiblik qildi. 10 raundlik jang toʻliq davom etdi va unda Shahram ochkolar evaziga gʻalaba qozondi. Shu tariqa bokschi prof ringdagi 16-jangida ham gʻalaba qozondi.
Ma’lumot uchun, 3-avgust kuni yana bir oʻzbekistonlik bokschi Isroil Madrimov oʻzining professional boksdagi navbatdagi jangini oʻtkazadi
Avvalroq «Kursiv» Hasanboy Doʻsmatov IBA chempionlik kamarini qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.