Joriy yilning 30-iyul sanasida Chevrolet Cobalt avtomobilining birinchi partiyasi Moʻgʻulistonga yoʻl oldi. Bu haqda UzAuto Motors AJ xabar berdi.
UzAuto Motors kompaniyasining distribyutori sifatida «Doctor Auto Chain» MCHJ Ulan-bator shahrida kirib kelgan avtomobillarni sotish hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanadi.
Maʼlumot uchun, UzAuto Motors avtomobillari bir qancha qoʻshni mamlakatlarda, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston hamda Gruziyada Chevrolet Uzbekistan brendi ostida mavjud.
Avvalroq «Kursiv» Chevrolet Qozog‘iston bozorida o‘z o‘rnini yo‘qotishini boshlaganini e’lon qilgan edi.