Yangiliklar

Oʻzbekistonga tijorat maqsadida qaysi davlatdan ko‘proq odamlar tashrif buyurgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra

Joriy yilning birinchi yarmida 65 mingdan ziyod chet mamlakat fuqarolari tijorat maqsadida tashrif buyurgan. Bu haqda statistika agentligi xabar berdi.

Ushbu koʻrsatkichlar oʻtgan yilning ushbu davri bilan taqqoslanganda 42 ming nafarga yaʼni 2,8 foizga ortgan.

2024-yilning dastlabki 6 oyi davomida Turkmanistondan 37 942 nafar, Tojikistondan 21 451 nafar, Xitoydan 723 nafar, Hindistondan 582 nafar, Afgʻonistondan 21 451 nafar, Turkiyadan 529 nafar, Qirgʻizistondan 385 nafar, Janubiy Koreyadan 329 nafar, Amerika Qoʻshma Shtatlaridan 199 nafar, Rossiyadan 157 nafar, boshqa davlatlardan esa, umumiy hisobda 1 102 nafar chet el fuqarolari tijorat uchun kelgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonga olti oyda 3,5 mln nafar sayyoh tashrif buyurganligi haqida xabar bergan edi.