«Parij – 2024». 5-avgust kuni oʻzbekistonlik sportchilar qaysi sport turlarida ishtirok etadi
eʼlon qilindi
Jang yunon-rum kurashi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi

Bugun, 5-avgust kuni «Parij – 2024» Olimpiya oʻyinlarida oʻzbekistonlik bir nafar sportchi ishtirok etadi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston delegatsiyasidan yunon-rum kurashi ustasi Islom Bahromov (-60 kg) vazn toifasida gilamga chiqadi. Ushbu dastur Toshkent vaqti bilan soat 18:00 dan start oladi.
Avvalroq «Kursiv» oʻzbekistonlik dzyudochilari jamoaviy bahsda ishtirokini yakunlagani haqida xabar bergan edi.