Qozog‘iston prezidenti Ostonada «Zakovat» xalqaro intellektual oʻyini oʻtkazilishni qoʻllab-quvvatladi

eʼlon qilindi
Bu masalani Saida Mirziyoyeva Qosim-Jomart Toqayev bilan muhokama qildi
Foto: Aqorde_resmi

O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev bilan uchrashdi. Ular koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi, deya yozadi Oq O‘rda.

Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ittifoqchilik va strategik hamkorlik munosabatlariga toʻxtalib oʻtgan Qosim-Jomart Toqayev prezident administratsiyalari oʻrtasida yaqin aloqalar oʻrnatish orqali yuqori darajadagi siyosiy muloqotni samarali kengaytirish muhimligini qayd etdi.

Axborot-mafkuraviy, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida, shuningdek, yoshlar siyosati sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Qozog‘iston prezidenti Ostonada «Zakovat» xalqaro intellektual oʻyini oʻtkazilishni qoʻllab-quvvatladi va bunday tadbirlar xalqlar oʻrtasida madaniy yaqinlashuvda muhim rol oʻynashini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev davlat tashrif bilan Qozog‘istonga borishi haqida yozgan edik.

Shuningdek