Doniyor Gʻaniyev deputatlik faoliyatini yakunladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda u o‘zning Telegram kanalida ma’lum qildi
Foto: Doniyor G’aniyev / Telegram

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev yangi saylovda oʻz nomzodini ilgari surmasligini aytdi. Bu haqda u oʻzining Telegram kanalida malum qildi.

  • «Albatta, deputatlik faoliyatimga eng munosib bahoni saylovchilar beradi. Balki, menga ovoz bergan saylovchilarning ishonchini har doim ham oqlay olmagandirman. Biroq vijdonimga qarshi bormaslikka, prinsiplarimga sodiq qolishga qoʻlimdan kelgancha harakat qildim. Insonlar ogʻirini yengil qilishga xizmat qiluvchi ijobiy normalarni qoʻllab-quvvatlashdan, fuqarolar manfaati va huquqlariga zid deb bilgan qonunlarga esa qarshi turishdan ikkilanmadim», deydi G‘aniyev.

Doniyor G‘aniyev keyingi faoliyatini Vazirlar Mahkamasida investitsiya yoʻnalishida vakolatli xodim sifatida davom ettirishini qoʻshimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, u avval ham oʻz faoliyatini ushbu yoʻnalishda olib borgan.

Deputat Doniyor Gʻaniyev Vazirlar Mahkamasi investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq xoʻjaligi masalalari kotibiyati investitsiya loyihalarini amalga oshirilishini monitoring qilish boʻlim boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar beradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Rasul Kureshboyev O‘zLiDeP partiyasidan ketgan edi.

Shuningdek