Avgust oyida BYD Oʻzbekiston uchun navbatdagi krossoverini taqdim qiladi
Joriy yilning avgust oyida BYD Oʻzbekiston bozori uchun e2 modelini taqdim qiladi. Bu haqda «Kursiv»ga kompaniya vakili xabar berdi.
Kompaniya vakilining ma’lum qilishicha, elektromobil faqat bitta pozitsiyada boʻladi. Shuningdek, avtomobil qora rangda boʻlmasligi ma’lum qilindi.
Avtomobil narxi Oʻzbekistonda sotilayotgan boshqa krossoverlarga qaraganda hamyonbop boʻlishi kutilmoqda. Lekin hozircha necha pul boʻlishi e’lon qilinganicha yoʻq. Autostrada ma’lumotlariga koʻra, norasmiy dilerlar BYD e2 ni 200 million soʻmdan ($15,9 ming) sotishadi.
BYD e2 — ixcham, arzon BYD modellaridan biri hisoblanadi. Lekin budjet sinfiga qaramay avtomobil BYD uchun standart jihozlarga ega, jumladan, 405 km masofani ta’minlaydigan 43,2 kVt quvvatga ega Blade akkumulyatori bilan jihozlangan.
Avvalroq «Kursiv» BYD yangilangan Song Plus DM-i mashinasini taqdim qilgani haqida xabar bergan edi.