Yangiliklar

Tolibon Amudaryo sohillarini mustahkamlashni rejalashtirgan

Muammo Afg‘oniston hukumatida muhokama qilindi
Rasm: Unsplash

Afg‘oniston hukumati Amudaryo qirg‘og‘ini mustahkamlash ishlarini olib borish niyatida, deb xabar berdi «TOLOnews» portali.

Yaqinda Afg‘oniston Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida tuproq eroziyasiga qarshi kurash masalasi muhokama qilindi.

Afg‘onistonning suv xo‘jaligi bo‘yicha mutaxassisi Najibulloh Sadaidning aytishicha, afg‘on tomonidagi tuproq yuvilishiga qo‘shni davlatlardagi qirg‘oqlarni mustahkamlash bo‘yicha bir tomonlama choralar sabab bo‘lgan.

Afg‘oniston Energetika va suv xo‘jaligi vazirligining ma’lum qilishicha, departament avvalroq Amudaryo qirg‘oqlarida tuproqni mustahkamlash bo‘yicha 20 ta loyihani amalga oshirgan. Ushbu maqsadlar uchun 400 mln afg‘oni yoki $5,6 mln ajratildi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilda Amudaryo va Sirdaryodagi suv hajmi yuqori bo‘lishini e’lon qilgan edi.