Toshkent xalqaro aeroportida uchib ketayotgan yoʻlovchilar uchun kutish zali kengaytirildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Kutish hududi va “fud-kort” tashkil etish rejalashtirilgan
                    
                            
Toshkent xalqaro aeroporti uchish zalining «steril» hududi 2 ming kvadrat metrga kattalashtirildi. Bu haqda Uzbekistan Aeroports axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur kutish zalida oʻrindiqlar bilan jihozlangan keng kutish hududi va «fud-kort» tashkil etish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda E-auksion.uz platformasidagi savdolar natijalariga koʻra, ikkita kompaniya bilan shartnomalar tuzildi va ular ish faoliyatini boshladi.
Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airports kompaniyasi Urganch aeroportini boshqarish boʻyicha tender e’lon qilgan edi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkent xalqaro aeroportida qayta aloqa va fikr-mulohazalar uchun QR kodlar tashkil qilingani haqida xabar bergan edi.
