Hafta davomida soʻm AQSh dollariga nisbatan deyarli 0,5 foizga qadrsizlandi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Amerika valyutasi dushanbadan payshanbagacha o‘sishni ko‘rsatdi
Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasida (O‘zRvB) AQSh dollari hafta davomida qimmatlashib, 12 643 soʻmga yetdi. Bu haqda savdo maydonchasi ma’lum qildi.
Amerika valyutasi 5-avgust, dushanba kunidan payshanbagacha oʻsishni koʻrsatdi. Faqat juma kuni oʻrtacha stavka deyarli 9 soʻmga biroz pasaydi. Umuman olganda, soʻm bir hafta ichida AQSh dollariga nisbatan deyarli yarim foizga qadrsizlandi.
O‘zRvBda dollar kursining o‘zgarishi
Qayd etish joizki, ikkinchi chorakda soʻm AQSh dollariga nisbatan 0,5 foizga mustahkamlangan. Markaziy bank buni valyuta boʻlgan taklifning oshgani bilan izohladi.