Oʻzbekiston delegatsiyasi vakili Razambek Jamalov Olimpiada oʻyinlari chempioni boʻldi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
-74 kg vazn toifasida ishtirok etgan vakilimiz chempionlik bahsida yaponiyalik Daichi Takatanini magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.
Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi.
Avvalroq «Kursiv» Akbar Joʻrayev Olimpiada oʻyinlari kumush medali sohibi boʻlgani haqida xabar bergan edi.