AQSh Oʻzbekiston uchun oltita PC-12 samolyotini rekonstruksiya qilib beradi — AQSh Mudofaa vazirligi

Amerika Qoʻshma Shtatlaring xususiy kompaniyasi Sierra Nevada Co. Oʻzbekiston uchun oltita Pilatus PC-12 samolyotini tiklash boʻyicha shartnoma oldi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi saytida e’lon qilindi.
Maʼlum qilinishicha, shartnoma qiymati $64,2 mln tashkil etadi. Kompaniya PC-12 samolyotini restavratsiya qilish, soha vakillarini qoʻllab-quvvatlash va logistika yordamini koʻrsatish koʻzda tutilgan.
Ish jarayonlari Oʻzbekistonda amalga oshiriladi va 2027-yilning 7-avgustiga qadar yakunlanishi belgilangan.
Shartnoma imzolanayotgan vaqtda AQSh xorijiy harbiy savdo dasturi (The Foreign Military Sales Trust Fund) $26 mln miqdorida mablagʻ ajratgan.
Avvalroq «Kursiv» NATO mutaxassislari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari kursantlari uchun brifing o‘tkazganini yozgan edi.