Oʻzbekistonda 1-oktabrdan bir oylik harbiy xizmat toʻlovi miqdori oshiriladi
eʼlon qilindi
To‘lov 7,350 mln so‘mdan 8,85 mln so‘mga oshiriladi
Oʻzbekistonda 1-oktabrdan bir oylik harbiy xizmat toʻlovi miqdori oshiriladi.
Avvalroq prezident farmoni bilan joriy yilning 1-oktabrdan boshlab mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1,155 mln soʻm etib belgilandi.
Oʻzbekistonda bir oylik harbiy xizmat uchun toʻlov miqdori eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib tayinlanadi. Shundan kelib chiqib 1-oktabrdan boshlab bir oylik muddatli harbiy xizmat uchun toʻlov 7,350 mln soʻmdan 8,85 mln soʻmga oshiriladi.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» 1-sentabrdan pensiya va nafaqalar miqdori 15 foizga oshirilishi haqida xabar bergan edi.