Turkiyaga sayyohlik maqsadida borgan oʻzbekistonliklar soni qancha

eʼlon qilindi
Turistlar oqimi 21,2 ga oshdi
Foto: rudi1976 / depositphotos.com

2024-yilning yanvar–iyun oylarida 91,8 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari Turkiyaga turistik maqsadlarda safarga chiqqan. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 16,1 ming nafarga, ya’ni 21,2 foizga oshgan.

Sayyohlarning asosiy qismi dam olish maqsadida (70,7 ming nafar) tashrif buyurgan. Shuningdek, qarindoshlarni yoʻqlash (17,5 ming nafar), davolanish uchun (1,6 ming nafar), oʻqish maqsadida (1 ming nafar), xizmat yuzasidan (893 nafar) oʻzbekistonliklar Turkiyaga borgan.

Eslatib oʻtamiz, Turkiya fuqarolari Oʻzbekistonga asosan qarindoshlarini yoʻqlash, sayyohlik maqsadida kelgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonga 2024-yilning dastlabki olti oyida 3,5 mln nafar sayyoh tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek