Hamas Gʻazo sektori boʻyicha yangi muzokaralarda ishtirok etishdan bosh tortmoqda
Hamas harakati vakillari 15-avgust kuni Qatar poytaxtida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarning yangi bosqichida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Hamas muzokaralarga shubha bilan qaramab, Isroilni jarayonni to‘xtatganlikda ayblamoqda. Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning ta’kidlashicha, Hamas yetakchisi Yahyo Sinvar kelishuvga asosiy to‘siq bo‘lmoqda.
«Yangi muzokaralarga oʻtish bosqinchilarga yangi shartlar qoʻyish va muzokaralar labirintidan yangi qirgʻinlarni amalga oshirish uchun foydalanish imkonini beradi», — dedi Hamas vakili Abu Zuhriy.
Lekin Isroil mintaqada oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvining bajarilishi tafsilotlarini yakunlash uchun Dohaga muzokaralar guruhini yubormoqchi.
Avvalroq «Kursiv» Isroil delegatsiyasi muzokaralarda ishtirok etish uchun Dohaga borishi haqida xabar bergan edi.