Maymun chechagi (mpox) nima va nega bu epidemiya dunyoni tashvishga solmoqda

eʼlon qilindi
Yangi xavfli virus Afrikadan tashqariga ham "chiqdi"
Foto: Arlette Bashizi/Reuters

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Afrikada davom etayotgan maymun chechagi epidemiyasini global favqulodda holat deb e’lon qildi. Bu xalqaro sog‘liqni saqlash qonunchiligi bo‘yicha eng yuqori xavf daraja hisoblanadi. CNN ushbu mavzuda o‘rganish olib bordi.

Unga ko‘ra, virusning halokatli shtammi «Klade Ib» Kongo Demokratik Respublikasida to‘xtovsiz tarqalmoqda. JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesusning aytishicha, boshqa davlatlarga tarqalish xavfi yuqori.

Maymun chechagi qanday yuqadi?

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, u qo‘l bilan teginish, o‘pishish yoki jinsiy aloqa kabi yaqinlik, shuningdek, choyshab, kiyim va nina kabi ifloslangan narsalar orqali yuqishi mumkin.

Dastlabki alomatlar qanday?

Ilk alomatlar odatda grippga o‘xshaydi. Bemorda isitma, titroq, charchoq, bosh og‘rig‘i va mushaklarning kuchsizligi va ko‘pincha og‘riqli yoki qichishadigan toshmalar kuzatiladi.

Bu qanchalik xavfli?

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari ma’lumotlariga ko‘ra, uning Ib sinfi ba’zi epidemiyalari kasal bo‘lganlarning 10 % qismining o‘limiga sabab bo‘lgan, ammo so‘nggi paytlarda o‘lim darajasi pastladi. II guruh uchun o‘lim darajasi 0,2% dan kam miqdorni tashkil qilmoqda.

Maymun chechagi qayerda topilgan?

O‘nlab yillar davomida u asosan Markaziy va G‘arbiy Afrikada topilgan. I toifadagi holatlarning aksariyati Markaziy Afrika va Kongo Demokratik Respublikasidan, II guruhning katta qismi Nigeriyadan tarqalgan.

Ma’lumot uchun, 15-avgust kuni Shvetsiyada birinchi Klade I maymun chechagi holati tasdiqlandi va bu Afrikadan tashqarida topilgan ilk holat bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyoda mpox virusi yana faollashgani haqida yozgan edik.

Shuningdek