Oʻzbekistonga yil boshidan beri qancha mobil telefon import qilingani ochiqlandi
eʼlon qilindi
Eng ko‘p mobil telefon Xitoydan olib kelingan
Oʻzbekistonga 2024-yilning yanvar–iyun oylarida xorijdan qiymati $171,1 mlnga teng boʻlgan 1,8 mln dona mobil telefon import qilingan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Unga koʻra, eng koʻp mobil telefon Xitoydan – 1,5 mln dona olib kelingan. Keyin oʻrinlardan Vyetnam (288,8 ming dona), Hindiston (42,8 ming dona), Gonkong (16,8 ming dona) davlatlaridan import qilingan.
Ma’lumot uchun, Oʻzbekistonga 2023-yilda 3,4 mln dona telefon import qilingan.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Oʻzbekistonning xorijiy davlatlar bilan tovar ayirboshlash hajmi $31 milliarddan oshgani haqida xabar bergan edi.