«Nukus elektroapparat» korxonasi yiliga qariyb 300 ming dona quyosh panellarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻldi

eʼlon qilindi
Shu bilan birga, $4 millionlik eksport imkoniyatiga ham ega bo‘ldi
Foto: Prezident matbuot xizmati

«Nukus Elestroapparat» elektr energiyasi tarmogʻi uchun kuchlanish qurilmalari ishlab chiqarish zavodi yiliga 273 ming dona quyosh panellarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻldi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning korxonaga tashrifi chogʻida ma’lum qilindi.

Korxona 2017-yilda ishga tushirilib, unda elektr energiyasi tarmogʻi uchun kuchlanish qurilmalari ishlab chiqariladi. Joriy yil iyunda bu yerda $10 million ziyod mablagʻ evaziga quyosh panellarini yasash loyihasi ishga tushirildi. Uskunalar Koreya Respublikasidan keltirib oʻrnatildi.

Qoʻshma korxona ichki bozorda talab yuqori mahsulotni mahalliylashtirish bilan birga $4 millionlik eksport imkoniyatiga ham ega boʻldi.

Shuningdek, zavodda quvvati 125 kilovatt boʻlgan quyosh panellari oʻrnatilib, korxonaning oʻz ehtiyojlari uchun foydalaniladi va ortiqcha elektr energiyasi hududiy elektr tarmoqlariga yetkazib berilmoqda.

May oyida «Kursiv Uzbekistan» Oʻzbekiston 2030-yilgacha 20 gigavattdan ortiq qayta tiklanadigan energiya quvvatini yaratish va uning energiya balansidagi ulushini 40 foizga yetkazish niyatida ekanligi haqida yozgan edi.

Shuningdek